Breaking News

Qo'rqinchli film ustalari...


Qo'rqinchli film ustalari - Horror props
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:09 0:00

Qo'rqinchli film ustalari - Horror props

Bosh suyagi, skeletlar va maydalab tashlangan qo’l-oyoqlar – bular dahshatli filmlarning ajralmas elementlari. Los-Anjelesdagi bir kompaniya Gollivud kino studiyalari uchun shunday rekvizitlar yaratadi.

Ishchilar suyuq rezinani qoliplarga quymoqda. Qo’l, bosh va qonga belangan oyoqlarni shunday yasaymiz, deydi Gollivud bilan biznes yuritadigan ”Dapper Cadaver” firmasi xodimi B.J. Vinslou.

“Rastadan tananing istagan qismini tanlab, sotib olishingiz mumkin. Biz buyurtma asosida ham ishlaymiz,” - deydi u.

Bu rekvizitlar “Iks odamlar” nomi ostidagi sarguzashtga boy filmlarda qo’llangan. Shuningdek, “300” filmida ko’rish mumkin.

Jinoiy va tibbiy seriallar ishlaydigan studiyalar ham doimo murojaat qilishadi.

“Xullas, kimga jasad kerak bo’lsa ishlashga tayyormiz. Mijozlarimiz asosan kinostudiyalar. Chavoqlangan tana, o’lik kerakmi, yasab beramiz. Albatta, Xellouin bayrami arafasida bozorimiz chaqqon,” - deydi Vinslou.

Qolip tayyorlangach, qo’g’irchoqni yasash uchun uch kun vaqt kerak.

“Ko’pincha jinoiy film suratga olinayotganida bizga odamlar nimadan o’lgani haqida aniq ma’lumot yuborishadi. Biz bu haqda yana izlanib, ishga kirishamiz,” - deydi Vinslou.

Kesilgan qo’l yoki oyoq narxi 40-50 dollar atrofida. Haqiqiysidan farq qilmaydigan bosh uchun 100 dollar to’laysiz. Qalbaki boltayu-bolg’alarga ham Gollivudda talab katta.

Qabr toshi yoki tobutlarni ijaraga olish mumkin. Buyurtmalar nafaqat AQSh, balki Yevropa va Osiyodan ham keladi.

Kino sanoati uchun bunday rekvizitlar tayyorlaydigan firmalar kichik, lekin muhim o’ringa ega.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG