Jahon kino o’chog’i ijodkorlarni e’zozlaydi. Orzumand bo’lsangiz, mehnatdan qochmasangiz, marra sizniki.
“Boshida bu ushalmas orzudek tuyuladi. Tog’ni tolqon qila olmayman deb o’ylaysiz. Lekin e’tibor berib qarasangiz, atrofdagilar ham sizga o’xshagan. Umid bor”, -deydi ssenariy muallifi Dillon Magran-Uells.
Gollivudda 100 yozuvchi bir joyda o’tirib, ijod qiladi. O’z g’oyalari va takliflarini muhokama qilib, birga ishlaydi. Bu kasbda shuhrat qozonish uchun fikr almashish kerak, deydi Taliya Bolnik.
“Uyda o’tirib, yangi asar yozishni xayolga ham keltirmang, chunki teran fikrlash qiyin. Boshqa narsalarga chalg’ib ketasiz”, - deydi yana Taliya Bolnik.
Yozuvchilar yonma-yon o’tirganda ilhom kelar ekan. Olov Burman Shvetsiyadan. Gollivudga yuksak orzular bilan kelgan. Ssenariychi bo’lmoqchi.
“O’z kompaniyam bor. Katta ekranga chiqa oladigan matn bitishni ko’nglimga tukkanman. Shu bois mana shu yerdaman. O’z ustimda ishlayapman”, - deydi Burman.
Lekin hamma ham kino uchun ssenariy yozmoqchi emas.
“Kattalar uchun roman yozayapman. Qo’rqinchli fantastik asar. Los-Anjeles haqida”, - deydi Liza Konnelli.
Bu Liza Konnelining birinchi ishi. Kitobxon insonlardan yaxshi yozuvchilar chiqadi.
“Fantastika shaydosiman. Qo’rqinchli manzaralar haqida yoza olish uchun rosa o’qish kerak. O’zimdan umidim katta”, - deydi Konnelli.
Kimdir uchun yangi hunar. Kimdir esa allaqachon nom qozonib bo’lgan yozuvchi. Ijodkorlar bir-biri uchun ilhom manbai.
Facebook Forum