Gonkong rahbariyati demokratiya talabi bilan namoyishga chiqib, ko'chalarni yopib qo'ygan olomonni tarqalishga chaqirmoqda.
Namoyishchilar jamoatchilik hayotini qiyinlashtirmoqda, deydi rasmiylar. To'qnashuvlar kuzatilgan.
Politsiya 19 kishini hibsga olgan, 18 odam jarohatlangan, jumladan xavfsizlik xodimlari.
Hokimiyatning pozitsiyasi shuki, fuqarolarning namoyish qilishga haqqi bor, lekin tartib buzilmasligi kerak.
O'n minglab talabalar bir necha kundan beri piket qilmoqda.
Ularning asosiy talabi shuki, 2017-yilda Xitoy bu yerda demokratik saylov bo'lishi uchun sharoit yaratib bersin.
Ikkinchi talab - Gonkongning rahbariyati yangilansin, xalq ovozi bilan.
Talabalar federatsiyasi tashkil etgan bu namoyishlar tinmaydi, deydi yoshlar, talab qat'iy.
1997-yildan beri Gonkongni o'z nazoratiga olgan Xitoy repressiv siyosatdan voz kechmas ekan, norozilik ham to'xtamaydi, deydi talabalar.