Breaking News

Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar bitilgan qonun loyihasini ma’qulladi


AQSh Kongressi Vakillar palatasi binosi
AQSh Kongressi Vakillar palatasi binosi

AQSh Kongressida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni o’z ichiga olgan yangi qonun loyihasi ko’rib chiqilmoqda. Qo’shma Shtatlar Kremlni o’tgan yili Amerikadagi saylovlarga aralashganlikda ayblarkan, uni shu tariqa jazolamoqchi.

Vakillar palatasidagi demokratlar va respublikachilar loyihani ma’qulladi. Bungacha Senat ham shu mazmundagi qonun loyihasini deyarli bir ovozdan qabul qilgan edi.

Kongress bu hujjat bilan nafaqat Rossiyani jazolamoqchi, balki bu mamlakat bilan aloqalarni yaxshilashni tashqi siyosatidagi maqsadlardan bir deb ko’zlagan Prezident Donald Trampning sanksiyalarni yumshatish vakolatlariga qo’yilgan cheklovni kengaytirmoqchi.

Agar qonun kuchga kirsa, Kongress prezidentning sanksiyalarni yumshatish yoki to’xtatish qarorini bekor qilish vakolatiga ega bo’ladi.

Agar Tramp hujjatga veto qo’ysa, Kongress ko’pchilik ovoz bilan vetoni bekor qila oladi. Ushbu qonun loyihasida Eron va Shimoliy Koreyaga ham qarshi sanksiyalar borligi sabab Tramp veto qo’ysa, bu ikki mamlakat ham sanksiyalardan xoli bo’ladi, Tramp ma’muriyati esa ularni jazolashni anchadan beri so’rab kelayotgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG