Breaking News

"Human Rights Watch" Shinjonda uyg'urlarga qarshi jinoyatlarni tergov qilishga chaqirmoqda


AQShning Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Human Rights Watch” tashkiloti BMTga murojaat qilib, Xitoy hukumatining g’arbdagi Shinjon viloyatida sodir etayotgan jinoyatlarini tergov qilishga chaqirdi.

Xalqaro hayot – 20-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:27 0:00

Tashkilotning ma’lum qilishicha, mamlakat musulmonlari ommaviy ravishda qamoqlar va lagerlarda saqlanmoqda, ta’qib etilmoqda.

“Human Rights Watch” Pekin siyosatini insoniyatga qarshi jinoyat deb ta’riflamoqda.

Guruhning bildirishicha, masalani BMT qoshidagi Xalqaro jinoiy sudga oshirishdan foyda yo’q, chunki Xitoy sud a’zosi emas, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida uning qarorlariga veto qo’yishi mumkin. Shu sababdan, “Human Rights Watch” maxsus komissiya tuzib, mustaqil tergovni ushbu organga yuklashga chaqirmoqda.

Xorijiy hukumatlar va tadqiqotchilar hisobicha, Shinjondagi lagerlarda 1 milliondan ziyod odam saqlanmoqda. Ularning majburiy mehnatga jalb qilinayotgani, bu xalq orasida tug’ilish sur’atini cheklash uchun choralar ko’rilayotani aytilmoqda.

Xitoy hukumati bunday da’vo va shikoyatlarni inkor etarkan, odamlar lagerlarda malaka oshirayotganini, radikal fikrlashdan qaytarilayotganini ma’lum qiladi.

AQSh hukumati uyg’urlarga nisbatan munosabatni qatliom deb ataydi. Belgiya, Niderlandiya, Kanada hukumatlari ham shunday ayblovlar bilan Pekinni nishonga olgan.

Xitoy hukumati BMT vakillariga vaziyatni tergov qilishga ruxsat bermagan.

“Human Rights Watch” rahbari Kennet Rot Xitoy paxta dalalarida majburiy mehnat mavjudligiga ishora qilarkan, xorijiy kompaniyalarni Xitoydan mahsulot sotib olmaslikka chaqiradi.

Qo’shma Shtatlar Xitoyning bir necha kompaniyasi importlarini cheklab qo’ygan.

“Human Rights Watch” majburiy mehnatga doir da’volar tekshirilmaguncha, muammo hal etilmaguncha, jabrdiydalarga kompensatsiya to’lanmaguncha, Yevropa Ittifoqini Xitoy bilan sarmoya bitimini Yevropa Parlamentiga tasdiq uchun uzatmaslikka chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG