Breaking News

HRW: Iroq kuchlari aholini himoya qilsin


Shia va sunniy jangchilar Tikritda "Islomiy davlat"ga qarshi jang qilmoqda, 3-mart, 2015-yil
Shia va sunniy jangchilar Tikritda "Islomiy davlat"ga qarshi jang qilmoqda, 3-mart, 2015-yil

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi "Human Rights Watch" tashkiloti Iroq askarlari va hukumatga moyil kuchlarni Tikritni "Islomiy davlat"dan tozalashga qaratilgan amaliyotlarda aholi xavfsizligini o'ylashga chaqirmoqda.

Guruhning bildirishicha, hukumat qo'shinlari boshqa shaharlar uchun janglarda tinch aholi hayotini pisand qilmagan.

"Jang qilayotgan tomonlar oddiy fuqarolarni himoya qilishi lozim, bosqinchilik, talon-taroj, qasos olish bilan shug'ullanmasligi kerak", - deydi "Human Rights Watch" vakili.

Yakshanba kuni Iroq qo'shinlari o'tgan yili jangarilarga boy berilgan Tikrit shahri uchun amaliyot boshlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG