Breaking News

Huquq tashkiloti: Iroq armiyasi Amirli shahrini talon-taroj qilgan


Shia jangchisi Amirli shahridan "Islomiy davlat" to'dasini quvgan, lekin keyin qonunbuzarliklar sodir etgani taxmin qilinadi. 2-sentabr, 2014-yil.
Shia jangchisi Amirli shahridan "Islomiy davlat" to'dasini quvgan, lekin keyin qonunbuzarliklar sodir etgani taxmin qilinadi. 2-sentabr, 2014-yil.

Inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" tashkiloti hisobotiga ko'ra, Iroq qo'shinlari va ittifoqchi jangchilar o'tgan yilning sentabrida Amirli shahridan "Islomiy davlat" to'dasini quvib solgan, lekin ortidan o'zlari shaharni talon-taroj qilgan. Hisobot bugun, chorshanba kuni e'lon qilindi.

Guvohlar va jabrdiydalar bilan gaplashgan huquq tashkilotining aniqlashicha, harbiylar shimoldagi bu shaharda uylar va bizneslarni o'marib, keyin yoqib yuborgan. Amirli shahri va uning tevaragidagi 47 qishloq xonavayron qilingani ma'lum.

"Human Rights Watch" tashkiloti harbiylar biror kishini o'ldirmagan, deydi. Lekin 11 odam asirga olingan.

"Iroq "Islomiy davlat" guruhiga qarshi kurashar ekan, oddiy fuqaroga jabr qilib g'alabaga erisha olmaydi", - deydi tashkilot rasmiysi Jo Stork.

Huquq himoyachilari Iroq armiyasi va ittifoqchi jangchilarni oddiy aholini himoya qilishga bot-bot undamoqda.

Iroq bosh vazirining idorasi operatsiya paytida haqiqatda qonunbuzarliklar ro'y berganini e'tirof etayapti. Biroq vazirlik izohiga ko'ra, bu ishlarni "Islomiy davlat" jangarilar sodir etgan va ularning maqsadi harbiylarni yomonotliq qilish bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG