Breaking News

"Ozodlik uyi" O'zbekiston hukumatini A'zam Farmonovni ozod etishga chaqirmoqda


Human Rights Day 2015
Human Rights Day 2015

Bugun Jahon inson huquqlari kuni. Shu munosabat bilan AQShning "Freedom House", ya'ni "Ozodlik uyi" tashkiloti O'zbekiston hukumatini mamlakatdagi barcha siyosiy majbuslarni ozod etishga chaqirdi.

“O'zbekistonda hukumatni tanqid qilgan har qaysi odam qamaladi. A'zam Farmonov shulardan biri. U to'qqiz yildan beri qamoqda o'tiribdi", - deydi tashkilot vitse-prezidenti Daniel Keylingert.

"Ozodlik uyi" o'z bayonotida Prezident Karimovni asosiy huquqlarni e'zozlashga, bu boradagi xalqaro bitimlarga sodiq bo'lishga da'vat etadi.

A'zam Farmonov inson huquqlari faoli bo'lib, tovlamachilik ayblovi bilan to'qqiz yilga qamalib, shu yil aprelida ozodlikka chiqishi kerak edi, biroq qamoqxona tartiblarini buzganlikda ayblanib, jazo muddati yana besh yilga uzaytirildi.

"Ozodlik uyi" 37-qishni qarshilayotgan Farmonovga qo'yilgan ayblovlarning soxta ekanini aytib, uning ozod etilishini O'zbekiston hukumatidan so'ramoqda.

Inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tegishli organlari, mahalliy faollar va eksperlar O'zbekistonda siyosiy mahbuslar masalasini ko'targanida, Karimov ma'muriyati respublikada "siyosiy mahbus" degan tushuncha yo'q va qamoqdagilarning hammasi aybi isbotlangan jinoyatchilar deya javob beradi.

Huquq himoyachilarining bunday pozitsiyani ko'zbo'yamachilik va adolatsizlik deya baholab, hukumatni tanqid qilgan, tuzumning qora ishlarini fosh etgan yoki oshkor etishga harakat insonlar qamaldimi, demak, ular siyosiy mahbuslar deya tushuntiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG