Xarvi nomli to'fon Texas shtatiga ulkan tahdid solayotgan edi, lekin mutaxassislar uning xavf darajasini pastroq deya baholab, tropik dovul deya ta'riflamoqda. Suv toshqinlariga tayyor turish kerak, deydi ekspertlar.
Texas gubernatori Greg Abbott deydiki, shtat bo'ylab favqulodda choralar ko'rilmoqda. Qattiq yog'ingarchilik boshlangan va bir necha kun davom etishi mumkin.
Xarvi Texasni urganida tezligi soatiga 209 kilometrni tashkil etgan. Minglab aholi evakuatsiya qilingan. Yong'in va toshqinlarda ikki kishi halok bo'lgan.
Qutqaruv ishlariga 1000 maxsus xizmatchi safarbar etilgan. O'nlab jamoat markazlari, maktab va korxonalarga zarar yetgan.
340 mingdan oshiq aholi elektr quvvatisiz qolgan. Tarmoqni tiklash uchun bir necha kun ketadi, deydi rasmiylar.
Oq uy vaziyatni yaqindan kuzatib, yordamga shay. Texasga nimaiki zarur bo'lsa, yetkaziladi, deydi Prezident Donald Tramp.
Texas shtati: Xarvi to'foni yetib kelganida...
Facebook Forum