Breaking News

AQSh poytaxti qiyofasini kim belgilaydi?


Vashingtonning qiyofasini kim belgilaydi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:22 0:00

Vashington – sayyohlar ko’p keladigan monumental shahar. Qayerga qaramang, me’moriy obidalar. Poytaxt qiyofasiga doir qarorlarni dizayn va arxitektura sohasida mutaxassislardan iborat, 1910-yilda tuzilgan San’at komissiyasi qabul qiladi.

“Uni tuzishdan maqsad Vashingtonni xalqaro poytaxt shahar sifatida tanitish, uning mantunkor imijini shakllantirish bo’lgan”, - deydi komissiya kotibi Tomas Lubke.

Prezident tomonidan tayinlanuvchi ekspertlar shaharning me’moriy rivojlanishini belgilaydi, shuningdek, medal va tangalar kabi milliy ramzlar masalasida hukumatga maslahat beradi.

Kun tartibidagi so’nggi loyihalardan biri Oq uy atrofida o’rnatilayotgan yangi to’siqdir.

“Himoyani kuchaytirish uchun panjara ikki karra kattaroq, portlash va zarbalarga chidamli qilib qurilmoqda”, - deya tushuntiradi Tomas Lubke.

2001-yilning sentabrida ro’y bergan terror xurujlaridan beri xavfsizlik birinchi o’rinda.

“To’siqlar dizaynini iloji boricha yon-atrofdagi vizual muhit bilan uyg’unlashtirishga harakat qilamiz. Odamni o’zidan qochiragidan ko’rinish emas, yoqimli bo’lishi kerak”, - deydi komissiya a’zosi.

Oq uy oldidagi Pensilvaniya ko’chasi bir paytlar gavjum edi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan 1995-yilda transport uchun yopildi. Xiyobon o’z jozibasini saqlab qolishida San’at komissiyasi rol o’ynagan.

Linkoln yodgorligi qarshisidagi hovuz ham, ko’pchilik bilmasa-da, xavfsizlik to’sig’i vazifasini bajaradi. Vashington monumentiga olib boradigan yo’laklar ham xuddi shunday.

“Yo’laklar xavfsizlikni hisobga olib qurilganini sezmaysiz, chunki shunday loyihalashtirilgan”, - deydi Lubke.

Ayni damda San’at komissiyasi quyosh panellari va drenaj sistemalari bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqmoqda. Vaqt o’tishi bilan ehtiyojlar va qoidalar o’zgarib borsa-da, ekspertlarning asosiy e’tibori poytaxt Vashington ko’rkini saqlab qolishda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG