Breaking News

Xalqaro valyuta fondi rahbari: Tramp bilan ishlay olamiz


Kristin Lagard Vashingtonda Xalqaro valyuta jamg'armasi va Jahon Bankining yillik yig'ilishlari uchun kelgan iqtisodiyot, siyosat ahli bilan gaplashdi.
Kristin Lagard Vashingtonda Xalqaro valyuta jamg'armasi va Jahon Bankining yillik yig'ilishlari uchun kelgan iqtisodiyot, siyosat ahli bilan gaplashdi.

Xalqaro valyuta jamg'armasi rahbari jahonda savdoni yaxshilash yo'lida Tramp ma'muriyati bilan ishlay olishiga ishonchi komil.

Kristin Lagard Vashingtonda Xalqaro valyuta jamg'armasi va Jahon Bankining yillik yig'ilishlari uchun kelgan iqtisodiyot, siyosat ahli bilan gaplashdi.

Tramp noxolis savdo amaliyotlari bois Amerika ko'plab ish o'rinlarini boy berdi, deydi. U importni cheklash, import mahsulotlariga soliqlarni oshirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishini aytgan.

Lagard Tramp ma'muriyati bilan kelisha olishiga ishonishini aytadi. U proteksionizmga berilmaslikka undaydi.

Tramp yaqinda Amerika hukumatidan AQSh kompaniyalari mahsulotlari va xizmatlarini ko'proq xarid qilishni talab qilib qaror chiqardi. U, shuningdek, chetdan vaqtincha mutaxassis yollashga imkon beruvchi viza dasturini qayta ko'rib chiqishni buyurdi.

Xalqaro hayot - 21-aprel, 2017-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:24 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG