Qo’shma Shtatlarda dehqonlar dalada odam yetishmayotganidan noliydi. Ishchi kuchi asosan Lotin Amerikasidan, aksariyati hujjatisiz. Immigratsiya tizimi bir yoqli bo’lmasa, bu fermalar kasodga uchrashi hech gapmas.
Yoz. Kaliforniyaning Imperiya vodiysida havo qilt etmaydi. Harorat kunda 38 darajadan oshadi. Dala qup-quruq, lekin dehqon Fransisko Sasedo yerni kuzgi shudgorga hozirlab qo’yyapti.
U Meksikada yashaydi va kun yorishmasdan yo’lga chiqib, chegarada tekshiruvdan o’tadi va sahar soat oltida temir otiga minadi.
“Amerikaning bir dollari Meksikada 13 pesoga teng. Uyda kuniga olti dollar ishlab topaman”, - deydi u.
AQShda esa Sasedoga har kuni 90 dollar to’lashadi.
Larri Koksning otasi ham fermerlik qilgan. Ekinga qarab, hosilni terish asosan meksikalik mardikorlar zimmasida, ammo chegaradan o’tish azob. Odam yetishmaydi.
“10 yildan beri ishchi kuchi yetarli emas deb aytib kelamiz”, - deydi u.
Qo’shma Shtatlarga kirish uchun viza olish qiyin, shu sababli ko’plar soxta hujjatlar bilan keladi.
“Amerikada taxminan 11 million noqonuniy muhojir bor. Shulardan 1,2 millioni qishloq xo’jaligida ishlaydi”, - deydi faol Tom Nassif.
Fermerlar guruhi Kongressni immigratsiya tizimini isloh qilishga chaqirib, jarayonni diqqat bilan kuzatayapti. Nassif Kaliforniya va Arizonadagi dehqonlar bilan ishlaydi. U yoqlayotgan hujjat AQShda ish topgan muhojirlarga qonuniy maqom berib, fuqarolikka yo’l ochadi.
Dehqonlar kasaba uyushmasi ham bu hujjatni yoqlayapti. Ishchi fermerlar fondi vakili Erika Lomeli nazarida reforma ish sharoitini yaxshilaydi. Muhojir bugun og’ir muhitda mehnat qiladi, tekinga ishlaydi.
“Ular o’z haqqini talab qilishi mumkin bo’ladi shunda. Qulday ishlata olishmaydi bu insonlarni”, - deydi u.
Vakillar palatasi hozir loyihaga o’z tuzatishlarini kiritmoqda. Yuqori va quyi palata murosaga erishmasa, oqibati yaxshi bo’lmaydi. Ishchilar kamligi hazilakam gap emas, deydi dehqon Jek Vessi.
“Mahalliy bozor mahsulot yetkazib bermasa, chet davlatlari bizni bankrot qiladi. AQShdagi qishloq xo’jaliklari kasodga uchraydi”, - deydi Vessi.
Amerikalik xaridor esa meva-cheva, sabzavot uchun ko’proq pul to’lashga majbur bo’ladi.