Amerikada immigratsiya sohasini isloh qilish to’g’risida bahslar qizib borar ekan, masalani o’rganayotgan har ikki partiyaga mansub senatorlar guruhi bir narsaga kelishib oldi: 11 million hujjatsiz muhojir qonuniy maqomga ega bo’lishni istasa, avvalo, ingliz tilini o’rganishi shart. Ammo shuncha odamga ingliz tilini o’rgatish uchun mamlakatda o’qituvchi va maktablar yetishmaydi.
Kaliforniyaning Fontana shahrida kattalar uchun ochilgan maktab har doim gavjum. Bu yerga til o’rganish istagida kelganlar soni talabalar uchun ajratilgan o’rinlar miqdoridan ancha ko’p.
Til kursiga hujjat topshirayotgan muhojirlardan biri ingliz tilida gapira olishini aytadi. Ammo unga yuqori darajadagi guruhlar orasida o’rin qolmaganini aytishdi.
“Ular meni boshlang’ich guruhga qo’yishdi. “Salom, qalaysiz” degan gaplarni o’rgatishadi. Men bularni allaqachon o’rganganman. Men so’zlashishni ko’proq mashq qilmoqchi edim. Ammo bunday guruhda joy yo’q ekan”, - deydi talaba Mariya Flores.
Yaqingacha Kaliforniya shtati hukumati kattalar ta’limi uchun maxsus yordam puli ajratardi. Ammo so’nggi iqtisodiy qiyinchiliklar davrida bu pul olib qo’yildi. Bu degani, Fontana shahridagi maktab katta yoshdagilar ta’limi uchun davlatdan oladigan mablag’ning 90 foizidan ajradi.
Fontana shahridagi maktab direktori Sindi Glisonning aytishicha, ko’plab talabalar o’z bilim darajasidan past guruhda o’qishga majbur. Moliyaviy qiyinchiliklar bois o’rinlar sonini ko’paytira olmaymiz, deydi u.
“Har doim olayotgan mablag’larimiz yana kesilish xavfi mavjud. Shunday ekan, talabalarga ehtiyojlari darajasida xizmat ko’rsata olmasligimiz aniq”, - deydi u.
Inglizcha bilmaydigan har to’rt muhojirning biri Kaliforniya shtatida joylashgan. Shuning uchun ham bu yerda ingliz tili kurslariga ehtiyoj doim baland. Migratsiya siyosati instituti tahlilchisi Marji Makxyuga ko’ra, yaqin orada butun mamlakat bo’ylab ingliz tili kurslariga talab haddan ziyod oshishi kutilmoqda.
“Qonuniy muhojirga aylanish uchun ingliz tilini o’rganish lozimligi haqidagi shart til o’rgatish bo’yicha mavjud imkoniyatlarimiz doirasida emas. Bu talabga javob bera oladigan saviyada maktablar, kurslar va o’qituvchilar yo’q. Bundan tashqari, moliyaviy yordamning kesilishi oqibatida til o’rgatish bo’yicha imkoniyatlarimiz 25 foizga qisqargan. Butun mamlakat bo’ylab hozirda faqat 725 ming talabani o’qita olamiz, xolos”, - deydi tahlilchi.
Vaziyat yanada yomonlashishi mumkin. Los-Anjelesda kattalarni o’qitish ta’lim dasturi 75 foizga kesilmoqda. Bungacha muhojirlar o’z ish vaqtlariga qarab kunduzi va kechqurunlari shaharning yuzlab hududlarida ingliz tili kurslarini olishlari mumkin edi. Bu yildan boshlab esa bunday kurslarning soni va o’qitish soatlari keskin kamayadi.
Kattalar ta’limi bo’yicha nozir Andres Ameygeyrasning umid qilishicha, boy berilgan maktablar o’rnini kasb-hunar va ingliz tili kurslarini o’qitishga ixtisoslashgan markazlar egallashi mumkin.
Hammasi moliyaga bog’liq, odamlarni imkon qadar jalb etishga urinyapmiz, deydi u.
Kaliforniya gubernatori Jerri Braun maktablar faqat yosh bolalar ta’limi bilan shug’ullanishi kerak degan fikrda. Kattalar ta’limi uchun mas’uliyatni ularga yuklamaslik kerak, deydi u.
Ammo ingliz tili o’qituvchilari nazarida, kattalar orasida ham ko’pchilik yuzma-yuz dars olishni istaydi.
Los-Anjelesdagi Savodxonlik nodavlat markazida o’quvchilarga ingliz tili darsini boshlashdan avval ispan tilida o’qish va yozish o’rgatiladi.
Markaz rahbari Meri Riddlning aytishicha, shaharda ispan tilida so’zlashuvchi 216 ming savodsiz aholi bor. Ularning aksariyati kollejda o’qishni eplay olmaydi, deydi u.
Ayrimlar kelib, Los-Anjeles Savdo-texnologiya kolleji yonidan har kuni o’tishlarini, ammo bu yerda o’qish ular uchun juda qiyinligini, hech qachon kirolmasliklarini aytishadi, deydi u.
AQSh bo’ylab ko’p maktablar hozir ingliz tilini kompyuter orqali o’qitish metodikasini tajribadan o’tkazyapti. Muvaffaqiyatli kechsa, bu usul sinfxonalarda ingliz tilini o’rganish markazlari o’rnini egallashi mumkin.
Migratsiya bo’yicha tadqiqotchi Marji Makxyu bunga shubha bilan qaraydi. Ingliz tilini o’rganish bo’yicha o’sib borayotgan talabni qondirish uchun federal hukumat moliyaviy yordam ko’rsatishi kerak, deydi u.