AQShning keyingi rahbari demokrat Kamala Harris bo’ladimi yoki respublikachi Donald Tramp? G’olib 2025-yil yanvarda Oq uyda to’rt yillik muddatini boshlaydi.
Demokratlar liberal siyosiy partiya bo’lib, fuqarolik huquqlari, ijtimoiy xavfsizlik va iqlim o’zgarishiga qarshi choralarni targ’ib qiladi. Konservativ respublikachilar esa hukumat hajmini qisqartirish, soliqlarni kamaytirish va qurolga egalik huquqlarini cheklamaslik tarafdori.