Breaking News

Eronda motam: Prezident Raisiy, tashqi ishlar vaziri va hokim halok bo'ldi

Eronning 63 yoshli prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va Sharqiy Ozarbayjon viloyati hokimi Malik Rahmatiy 19-may kuni vertolyot halokati qurboniga aylandi. Vertolyot qoldiqlari va marhumlar 20-may kuni topildi. Bortida jami to’qqiz kishi bo’lgan vertolyot Sharqiy Ozarbayjon viloyatidagi o’rmon hududida qoyaga urilgan va butunlay yonib ketgan. Qidiruv-qutqaruv brigadalari noqulay ob-havo va quyuq tuman sharoitida voqea joyiga yetib borishga qiynalgan. Eronning amaldagi vitse-prezidenti Muhammad Muxbir mamlakatning muvaqqat prezidenti sifatida ish boshlagan.


XS
SM
MD
LG