Kaliforniyada qariyb bir haftadan beri davom etayotgan o’rmon yong’inlarida halok bo’lganlar 16 kishiga yetdi. Hozirgacha 12 mingdan ziyod xonadonlar va bizneslar kulga aylandi. 100 mingdan oshiq aholini evakuatsiya qilish buyurilgan.
Rasmiylarning aytishicha, kuchli shamollar tufayli ofatni nazorat qilish qiyin kechmoqda. Shtat rasmiylari, shuningdek, tayyorgarlik va suv zaxiralari bilan bog’liq muammolar yuzasidan tanqidlarga uchramoqda.