G’azoning Misr bilan chegarasidagi Rafah shahrida qariyb 1,5 million falastinlik jon saqlamoqda. Ular Isroil bombardimon qilayotgan boshqa hududlardan qochib kelgan. Isroil janubdagi bu shaharni bosib olish rejasidan qaytmayapti.
Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning ta’kidlashicha, muzokaralar natijasida otashkesimga erishilgan taqdirda ham, bu Rafahga qo’shin kiritishni biroz kechiktiradi xolos.