"Reuters" agentligi xabariga ko'ra, minglab suriyaliklar uzoq yillardan beri prezident Bashar al-Assad qamoqlaridagi yaqinlarining tirik yoki o'lik ekanidan xabari bo'lmagan. To'ntarish ortidan qamoqxonalarga borgan aholi yaqinlarini ozod etgan, ayrimlari hanuz izlamoqda, ayrimlari esa Damashq shifoxonalari morglaridan o'z yaqinlarining jasadlarini topgan. Ayrim jasadlarning boshi yoki boshqa tana a'zolari uzilgan holda topilgan.