Breaking News

Hindistondagi tartibsizliklarda 40 ga yaqin kishi halok bo'ldi


Hindiston shimolida diniy sekta yetakchisi jinsiy zo'ravonlikda aybdor topilgach, uning minglab tarafdorlari qo'zg'olon ko'targan va zo'ravonliklarda 40 ga yaqin odam halok bo'lgan, qariyb 300 nafari yaralangan.

O'zini avliyo deb biluvchi Ram Rahim Singxning idorasida jamul-jam bo'lgan odamlar bugun sekin-asta tarqala boshladi. Tergovchilar uni Dera Sacha Sauda sektasiga kirgan ikki ayolni zo'rlaganlikda aybdor topgan.

Rasmiylarning aytishicha, 28-avgust kuni sud hukmi e'lon qilinganida yana qon to'kilishi mumkin.

Ram Rahim Singx
Ram Rahim Singx

Guruning aybsiz ekanini da'vo qilayotgan 200 ming tarafdori Panchkula shahriga kelib, davlat idoralariga va yo'lovchi poyezdga o't qo'ygan, jurnalistlar va politsiyachilarga hujum qilgan. O'tgan kunlar ichida 2500 kishi hibsga olindi. Haryana va Panjob shtatlarida harbiylar shay holatda. Bosh vazir Narendra Modi xalqini tinchlikka chaqirmoqda.

50 yoshli Ram Rahim Singx 23 yoshidan beri Dera Sacha Sauda sektasiga yetakchilik qiladi. Shuningdek, filmlarda rollar ijro etadi, konsertlarda qatnashadi, xayriya tadbirlari o'tkazadi. Sekta jahon bo'ylab 60 million a'zoga ega ekanini da'vo qiladi.

Guruni ilgari ham qotillik va zo'ravonlikda gumon qilib, tekshirishgan. Sud uni yetti yilga ozodlikdan mahrum qilishi kutilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG