Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi mamlakat bo’ylab karantin 3-maygacha uzaytirilganini ma’lum qildi.
Unga ko’ra, kunlik maosh hisobiga kun kechiruvchi odamlar va dala mehnatkashlariga yordam berish maqsadida bir haftadan so’ng harakatlanishga qo’yilgan ayrim cheklovlar koronavirus sust hududlarda bir oz yengillashadi.
Modi karantin mamlakatga qimmatga tushayotganini, biroq hindistonliklar hayoti muhimroq ekanini aytdi.
Bosh vazir karantin va ijtimoiy masofani saqlash virus tarqalishini sekinlashtirishda ish berganini ham ta’kidladi.
1,5 milliard aholi yashovchi Hindistonda 10 500 dan ortiq odam COVID-19 kasalligiga uchragan bo’lsa, 358 kishi o’lgan.
Sog’liqni saqlash vazirligiga ko’ra, so’nggi 14 kunda 15 shtatning 25 tumanida birorta odam virus yuqtirmagan.
Facebook Forum