Breaking News
Din

Islomobod va Dehli hind sikxlariga Pokistonda ziyorat qilishiga kelishib oldi


Sikxlar uchun muqaddas Kartarpur ibodatxonasi
Sikxlar uchun muqaddas Kartarpur ibodatxonasi

Pokiston va Hindiston hindistonlik sikxlarga Pokistondagi diniy maskanlarni ziyorat qilishga imkon beruvchi tarixiy kelishuv imzoladi. Sikxlar chegaradan Pokistonning Kartarpur shahriga maxsus qurilgan korridor orqali vizasiz borib kelishi mumkin bo’ladi.

Kartarpurdagi ibodatxona yoki gurdvara sikxlar e’tiqodining asoschisi Guru Nanak 16-asrda vafot etgan joyda qurilgani va bu din vakillari uchun muqaddas ziyoratgoh ekani aytiladi.

Pokiston va Hindiston Tashqi ishlar vazirliklari rasmiylari chegarada uchrashib, bitimni imzolagan. Bu Kashmir uchun uch marta urush qilgan azaliy raqib davlatlarning kamdan-kam uchraydigan hamkorligidir.

Pokiston rasmiylariga ko’ra, bundan buyon 5000 gacha sikx har yili Kartapurga ziyorat uchun kelishi mumkin bo’ladi.

Biroq Hindiston Ichki ishlar vazirligi qo’shma kotibining aytishicha, korridor sahardan quyosh botgunga qadar ishlaydi, xolos. Ertalab yo’lga chiqqan ziyoratchilar o’sha oqshom Hindistonga qaytishi kerak bo’ladi, bitimda tunash ko’zda tutilmagan.

Korridor chegaradan to’g’ri ibodatxonagacha solingan bo’lib, ikki tomoni panjara bilan to’siladi.

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon 9-noyabr kuni korridorni rasman ochib beradi. Kelishuv 29-noyabrda Guru Nanakning 550 yilligini nishonlashga hozirlanayotgan sikxlar uchun haqiqiy sovg’a bo’ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG