Breaking News

Islohotlardan norozi hind fermerlari hukumat bilan murosadan bosh tortmoqda


Hindistonda yangi qonunga e’tiroz bildirib namoyish qilayotgan minglab fermerlar mamlakat bo’ylab ish tashlashga chaqirmoqda. Ular nazarida, Bosh vazir Narendra Modining qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirishga qaratilgan islohoti natijasida agromahsulot narxlari va fermerlar daromadi tushib ketadi.

Xalqaro hayot – 14-dekabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:18 0:00

Hindistonning turli burchaklaridan to’plangan dehqonlar poytaxt Dehli atrofidagi beshta trassa bo’ylab chodirlar qurgan, hukumat ushbu qonunlardan voz kechmasa, uylariga qaytmasligini bildirmoqda.

Dehliga yetaklovchi trassalar uch haftadan beri to’silgan, hukumat vakillari bilan kechayotgan muzokaralar natija bermayapti, fermerlar qonunlarning munozarali bandlarini o’zgartirish taklifiga ko’nmayapti, qonunlarni butunlay bekor qilishga chaqiryapti.

Fermerlar ochlik ham e’lon qilishini aytmoqda.

Hukumat qishloq xo’jaligida erkin savdoni joriy etmoqchi. Shu kungacha mahsulotlarini davlat bozorlarida davlat belgilagan narxda sotayotgan dehqonlar nazoratning bekor qilinishi ko’plarining xonavayron bo’lishiga yetaklashini aytmoqda. Ular hukumatga bosimni kuchaytirish maqsadida poyezd qatnovini ham izdan chiqarmoqchi.

Hindiston Fermerlar ittifoqi o’tgan juma Oliy Sudga yangi qonunlar bo’yicha shikoyat qildi.

Mamlakat aholisining salkam 60 foizi qishloq xo’jaligida band. Modining aytishicha, islohotlar qishloq xo’jaligiga xususiy sarmoyalarni jalb etib, hosildorlikni oshirishga yordam beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG