Markaziy Osiyodan chiqqan muhojirlar Moskvada ta’sis etgan xayriya fondi mushkul ahvolda qolgan immigrant onalarga yordam beradi. Ikki fidoiy inson oddiy xonadonda boshlangan bu tashabbus bugun hurmatli idoraga aylangan.
Bolaligi Tojikistondagi internatda o’tgan Memonsho Memonshoyev farzand onasi bilan bo’lishi kerakligiga ishonchi komil. Mehribonlik uylari, yetimxonadan chiqqan bolalarning hayoti ko’pincha ayanchli tugaydi, deydi u. Memonsho bugun Moskvada muhojir onalarga yordam qo’lini cho’zayotgan xayriya tashkiloti ("Найди меня, Мама" - "Meni izlab toping, Ona!") asoschisi va rahbari. Asosiy kasbi-tirikchiligi kaskadyorlik va rejissyorlik. Jamg’arma vebsaytida uning mana shu muammoga bag’ishlangan bir necha hujjatli filmlarini ko’rish mumkin (Найди меня, Мама! Don’t leave me, Mama!).
“Rostini aytsam, o’zimiznikilar, qanchadan-qancha onalar bolasidan voz kechayotganini ko’rib hayron qoldim. Ayniqsa, Rossiyaga ish izlab kelgan markaziy osiyoliklar, tojik, o’zbek, qirg’iz ayollari farzandini tashlab ketayotganidan dahshatga tushdim”, - deydi Memonsho Memonshoyev.
U 2009-yilda safdoshi Madina Yo’ldosheva bilan jamg’armaga asos soldi. Maqsad – bola o’z onasi bilan qolishiga erishish. Ular asrab olish, kimningdir qaramog’iga topshirish bilan shug’ullanmaydi. Tojikistonda sir emas, bola nikohsiz dunyoga kelsa, haromiga, iflosga chiqarishadi, deydi suhbatdosh. “Bola hecham haromi bo’lmaydi, uni tashlab ketganlar haromi”, - deydi u ovozida hayajon bilan.
“Fondni ochish fikriga kelsak, bir kuni masjidda qiziq kitob o’qib qoldim. Eng xayrli ish – yetim-yesirga va kasalmand insonlarga yordam berishdir, degan gap bor edi unda. O’zim Tojikistonda, Pomirda sovetlarning internatida katta bo’lganman. Shanba-yakshanba kunlari qarindoshlarnikiga borsam-da, juda og’ir paytlar edi, hozir eslagim kelmaydi. Bolalar uyi – shafqatsiz hukmday gap. Buni qayta-qayta aytib charchamayman. Siz go’yoki bankaga solib qo’yilgan baliqsiz. Sekin-sekin ayollarga ko’maklashib, mana bugungacha 75 bola o’z onasi bag’rida qolishiga hissa qo’shdik”, - deydi Memonsho Memonshoyev.
Tojikistonlik muhojir, 22 yoshli Zubayda xayriya tashkiloti qo’llab-quvvatlovi bilan oyoqqa turib oldi. Eri tug’ruqxonada yolg’iz tashlab ketgan ayol bugun Moskvadagi savdo markazida ishlayapti. Chaqalog’i va ikki katta farzandini hamda onasini ta’minlab turibdi.
“Tug’ruqxonada bolamni boqib turishdi to’rt oycha. Keyin borsam, roddomdagilar olma bolangni, ikkita farzanding bor-ku, bunisini tashlab ket, deyishdi. Endi 22 yoshga kirding, erga tegishing kerak-ku, deyishdi. Men bolamni tashlash uchun tuqqanim yo’q, shunaqa niyatim bo’lganida oldirib tashlardim, dedim. Lekin men farzandimni hech qachon tashlamayman, menga bola kerak, er kerak emas, dedim. Bolamning qog’ozlarini tayyorlashda Madina Yo’ldosheva yordam berdi, ovqati, kiyim-boshi, kolyaskasigacha topib berishdi. Bir oy bo’ldi, qizimni Tojikistonga jo’natdim, hamma bolalarimga hozir onam qarayapti, men topganimni shularga yuboraman”, - deydi u.
“Meni izlab toping, ona!” fondi nafaqat tang ahvolda qolgan muhojir ayollarga, balki muhtoj, ko’p bolali oilalarga ham yordam beradi.
“Chin ko’ngildan, biror foydani ko’zlamasdan qilamiz shu ishni. Shundan baxtiyormiz. Esimda, birinchi marta qirg’izistonlik o’zbek qizini podvaldan olib chiqqanmiz, yashashga yeri yo’q edi. Hozir ishi bor, bolasi 3-4 yosh bo’lib qoldi. Ana shu qiz keyinchalik kimga-qanaqa yordam kerak, deb o’zi bizga telefon qildi”, - deydi Memonsho Memonshoyev.
Ishda har qanaqasi bo’lib turadi. Yolg’on gapirib aldamoqchi bo’lgan ayollar ham uchraydi, deydi u. Fond “Yolg’izman, hech kimim yo’q” deb kelgan bir ayolni kiyintirib, yo’l xarajatlarini qoplab uyiga jo’natgan edi. Keyin bilishsa, ota-onasi tirik ekan, ikkinchi bolasini tashlab ketishga uringan ekan.
Fond endi ish boshlaganida oddiy xonadonda, Madina Yo’ldoshevaning kvartirasida joylashgan edi. Onalar va bolalar vaqtincha shu yerda qo’nim topardi. Bugun Moskva shahar Tekstilshiki rayoni ma’muriyati alohida joy ajratib bergan.
“Fond faqat ofis, ishxona vazifasini o’taydi. Ona-bola haqida xabar topsak, biz kim bilan bog’lanish kerakligi, qayerdan yordam olish mumkinligini tushuntiramiz, uyiga qaytish uchun yordamlashib yuboramiz. Ayolning turar joyi bo’lmasa, yetimxonalar, masjid, cherkovlar bilan bog’lanib, vaqtincha o’sha yerga joylaymiz”, - deydi Memonsho Memonshoyev.
2012-yilda Moskva shahar yosh oilalar bo’yicha departamenti konkurs o’tkazgan. Unda nodavlat notijorat tashkilotning ishlash metodikasi va texnologiyasi yo’nalishida “Meni izlab toping, ona” tashkiloti g’olib chiqdi.
“Pulni qayerdan topasiz, kim yordam beradi sizga deb so’rashdi o’shanda ham. Bu savolni ko’p berishadi. Men esa hamisha xohish bo’lsa bo’ldi, deb javob qilaman. Fondimiz Moskva yaqinida joylashgan paytlarda bizga mahalliy rasmiylar uch qavatli binoni shundoq, bepul topshirib qo’ydi. Masjidlar oziq-ovqat bilan, cherkovlar taglik, ko’rpa-to’shak bilan yordam berib yubordi. Ko’ngillilarimiz bor, internetda yordam jo’natayotganlar qancha! Mana shuning natijasida 75 nafar bola oilasi bag’rida hozir. Rossiyada xayriya fondlari serob, ular bilan bog’lanishni bilsangiz bo’ldi”, - deydi Memonsho Memonshoyev.
U Markaziy Osiyoga xos mentalitet, dunyoqarashda gap ko’p, deydi.
“Mana, ayollar, qizlar Rossiyaga ish qidirib keladi, hayot shunga majbur qiladi. Kimlarnidir aldab ketishadi, bunaqa erkaklar borligi sir emas. Iloj qancha, homilador bo’lib qolgandan keyin, bola tug’ilgandan keyin nima qilasiz? O’zimiz guvohmiz - yosh qiz uyiga telefon qilganida onasi bolani tashlab ket, isnod, haromi-ku, ertaga otang masjidga qaysi yuz bilan kirib boradi, degan. Meni shu so’z doim hayron qoldiradi. Qanaqasiga bola haromi bo’lsin? Tashlamang farzandingizni. Axir, bu bolalar yetimxonadan keyin 90 foiz hollarda qamoqqa tushadi-ku!”, - deydi “Meni izlab toping, ona!” xayriya fondi rahbari Memonsho Memonshoyev.

O’zimiz guvohmiz - yosh qiz uyiga telefon qilganida onasi bolani tashlab ket, isnod, haromi-ku, ertaga otang masjidga qaysi yuz bilan kirib boradi, degan.
2012-yilda Moskva shahar yosh oilalar bo’yicha departamenti konkurs o’tkazgan. Unda nodavlat notijorat tashkilotning ishlash metodikasi va texnologiyasi yo’nalishida “Meni izlab toping, ona” tashkiloti g’olib chiqdi.
“Pulni qayerdan topasiz, kim yordam beradi sizga deb so’rashdi o’shanda ham. Bu savolni ko’p berishadi. Men esa hamisha xohish bo’lsa bo’ldi, deb javob qilaman. Fondimiz Moskva yaqinida joylashgan paytlarda bizga mahalliy rasmiylar uch qavatli binoni shundoq, bepul topshirib qo’ydi. Masjidlar oziq-ovqat bilan, cherkovlar taglik, ko’rpa-to’shak bilan yordam berib yubordi. Ko’ngillilarimiz bor, internetda yordam jo’natayotganlar qancha! Mana shuning natijasida 75 nafar bola oilasi bag’rida hozir. Rossiyada xayriya fondlari serob, ular bilan bog’lanishni bilsangiz bo’ldi”, - deydi Memonsho Memonshoyev.
U Markaziy Osiyoga xos mentalitet, dunyoqarashda gap ko’p, deydi.
Tashlamang farzandingizni. Axir, bu bolalar yetimxonadan keyin 90 foiz hollarda qamoqqa tushadi-ku!