Breaking News

Eronda qotillikda ayblangan ayol dorga osildi


Xalqaro chaqiriqlarga qaramasdan, Eronda 26 yoshli ayol dorga osildi. Rayhona Jabboriy Razvedka vazirligining sobiq xodimi Murtazo Abdulali Sarbandiyni o'ldirgani uchun 2007-yilda hibsga olingan va sudlangan edi.

Tergov jarayonida Jabboriy bu shaxs uni zo'rlashga uringanini aytgan.

Oliy jazo haqidagi hukm ado etilgani haqida Eron axborot agentliklari xabar berdi. Jabboriyning onasiga kecha qizini qamoqxonada so'nggi bor ko'rishga ruxsat berilgan.

Xalqaro Amnistiya va boshqa huquq tashkilotlariga ko'ra, qotillik yuzasidan tergov jarayoni xolis olib borilmagan va ko'plab savollar javobsiz qolgan. Ayol dorga osilganini faollar fojia deya atadi.

Rayhona Jabboriyning ishi bir necha bor qoldirilgan. Sud qarorida yozilishicha, Sarbandiyning oila a'zolari ayolni avf etishga ko'nmagani va moliyaviy kompensatsiyadan voz kechgani uchun hukm ijro etildi.

Huquq faollari Tehrondan Jabboriyning ishini qayta ko'rib chiqish va uni ozod etishni so'rab, qariyb chorak million imzo to'plagan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG