Breaking News

Yadroviy bitim Tehron-G'arb hamkorligiga yo'l ochishi mumkin


Atom muzokaralari davom etadi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:38 0:00

Atom muzokaralari davom etadi

Eronning atom dasturi atrofidagi bahslar yozga borib hal bo’lishi mumkin, ammo bu davlat rasmiylari avvalo sanksiyalarni bekor qilishni talab qilmoqda. Tahlilchilar fikricha, agar G’arb va Tehron til topishsa, Yaqin Sharqdagi mojarolar yechimi ustida birga ishlash uchun yo’l ochiladi.

Yadroviy bitim Tehron-G'arb hamkorligiga yo'l ochishi mumkin/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:45 0:00

Madhiya va qarsaklar sadolari ostida o’tgan hafta Eron parlamentida “Yadro texnologiyasi” kuni nishonlandi.

Mamlakat oliy diniy rahnamosi Oyatulla Ali Xomeneiy iyunga belgilangan muddatgacha kelishuv imzolanishiga kafolat yo’q, demoqda. Lekin hozir muzokaralarning nozik bir pallasidamiz, oyatulla har bir so’zini o’ylab gapiradi, deydi Britaniyaning Xalqaro atom agentligidagi sobiq elchisi Piter Jenkins.

“Omma oldida aytiladigan gap boshqa, Xomeneiyning Prezident Hasan Ruhoniyga beradigan ko’rsatmasi boshqa”, - deydi u.

Eronlik sobiq diplomat Mehrdod Xonsariyga ko’ra, shu oy Shveysariyada erishilgan dastlabki bitim keng qamrovli hamkorlik uchun zamin hozirladi.

“Lozanna shahrida nimaiki imzolangan bo’lsa, xalqaro jamoatchilik xavotiriga sabab bo’lgan masalalarni birma-bir hal qilish uchun, tomonlar bir-birining ishonchini qozonishi uchun turtki bo’ladi”, - deydi Xonsariy.

“Eronning hiylasiga aldanmang” deb ogohlantirayotganlar ham bor.

“Bu vahshiy rejim mavjud vaziyatdan qanday foydalanishni, kimlar bilan sherik bo’lishni, regionda o’z nufuzini oshirish uchun qanday harakat qilishni yaxshi biladi. Yadroviy tadqiqotlar masalasi shu bilan yopilib ketadi deb o’ylamang”, - deydi siyosatshunos Deyvis Luin.

Yamanda janglar avjida… hutiy isyonchilar janubdagi Adan shahriga chuqurroq kirib bormoqda. Qo’shma Shtatlar nazarida hukumatni ag’dargan bu harakatni Eron qo’llab-quvvatlayapti. Atom dasturi bo’yicha kelishuv bu mojaroga nuqta qo’yishi mumkin, deb hisoblaydi Piter Jenkins.

“Muzokaralar muvaffaqiyatli kechsa, hutiylarni jilovlashda va janglarni to’xtatishda Eronnining yordami tegadi”, - deydi sobiq diplomat.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi bir necha haftadan beri Yamanda shia isyonchilar ustiga bomba yog’dirmoqda. Tehron buni genotsidga qiyoslagan. Lekin, deydi Mehrdod Xonsariy, Eron o’z manfaatlarini himoya qilishga haqli.

“Hammasi qiyosda bilinadi. E’tibor bering, Eron nima ishlar qilayapti-yu, Saudiya Arabistoni nima ishlar bilan band. Lekin ular muloqot qilsa, kelishib ishlasa bo’ladi”, - deydi u.

Eron urush jinoyatlarida ayblangan Suriya rahbari, Prezident Bashar al-Assadga yaqin ittifoqchi. Ammo “Islomiy davlat” kabi terror guruhlarining paydo bo’lishi hukumatlarni umumiy dushmanga qarshi til topishishga undayapti.

“Til topishishning, hamkorlikning turli yo’llari bor. Ruhoniy hukumati, nazarimda, muvozanat bilan ish tutayapti. Lekin Suriyani o’z holiga tashlab qo’ymaydi”, - deydi tahlilchi.

Mulohazalarga ko’ra, kelasi oylar ichida Eron va G’arb yadro masalasi bo’yicha yakuniy qarorga kelishi lozim. Aks holda, oradagi adovatni tugatishga qaratilgan noyob imkoniyat boy beriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG