Eronda 19-may kuni prezidentlik saylovlari. Amaldagi Prezident Hasan Ruhoniy ikkinchi muddatga saylanish harakatida. Konservativ doiralar uning iqtisodiy siyosatini hamda G'arb bilan imzolangan yadroviy kelishuvni tanqidga olmoqda.
Kelishuv natijasida Eronga qo'yilgan ayrim sanksiyalar bekor qilingan edi. Lekin, deydi Ruhoniyga asosiy raqib Ibrohim Raisiy, banklar va moliyaviy xizmatlar hamon cheklangan.
Raisiy mamlakat oliy rahnamosi Oyatulla Ali Xomeneiyga yaqin arboblardan, yirik bir xayriya jamg'armasini boshqaradi. Agar saylansa, iqtisodni oyoqqa turg'izishni va'da qilmoqda. Ammo Eronda 1981-yildan buyon hech bir prezident ikkinchi muhlatini raqibiga boy bergan emas.
Prezidentlikka jami to'rt kishi da'vogar. Agar saylovda hech biri 50 foizdan ko'proq ovoz yig'a olmasa, 26-may kuni eng ko'p ovoz to'plagan ikki nomzod o'zaro bellashadi.
Facebook Forum