Breaking News

BMT inspektorlari Eronda og'ir suv zavodini tekshirmoqda


Arak shahri yaqinidagi og'ir suv zavodi, Eron
Arak shahri yaqinidagi og'ir suv zavodi, Eron
Eron matubotiga ko’ra, BMT inspektorlari mamlakatga kelib, so’nggi ikki yilda ilk bor mamlakat yadro inshootlarini ko’zdan kechirmoqda. Xususan, inspektorlar Arakdagi og’ir suv zavodida bo’ldi.

Eron BMT bilan bu borada hamkorlik qilishga o’tgan oy Jenevadagi muzokaralarda rozi bo’lgan. U yerda erishilgan bitimga ko’ra, Tehron yadro faoliyatini cheklash evaziga xalqaro sanksiyalarning bir qismi olib tashlanadi.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning bugun parlamentda so’zlashicha, mamlakat iqtisodiyoti ushbu bitim foydasini ko’ra boshlagan. G’arb xavotiriga ko’ra, Arakdagi inshootda yadro qurollarini yaratishda muhim ro’l o’ynovchi plutoniy ishlab chiqarilayotgan bo’lishi mumkin.

AQSh prezidenti Barak Obama Eron bilan yadro dasturi bo’yicha keng qamrovli bitim imzolanishiga 50 foizga ishonch bor, deydi.

"Ishonch 100 foiz bo’lmasa-da, Tehronni atom qurolini yaratish yo’lidan qaytarishda diplomatiyadan voz kechmaslik kerak", - deydi u.

Obamaga ko’ra, o’tgan oy Jenevada imzolangan bitim Eronga kelasi olti oyda bu ishni jadallashtirishga imkon bermaydi.

"Diplomatiya boshqa mavjud choralardan eng samaralisi", - dedi AQSh rahbari.

Davlat kotibi Jon Kerri ham shunday fikrda. AQShning eng yaqin ittifoqchisi Isroil esa Jeneva bitimini tanqid qilib, hujjat Tehronga yadro qurolini yaratish salohiyatiga to’siq bo’la olmasligini aytgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG