Breaking News

Eron hukumati mamlakat bo'ylab internetni uzdi


Eron hukumati benzin narxining oshishi ketidan mamlakat bo’ylab boshlangan namoyishlar ko’lamini nazorat qilish maqsadida to’rt kun oldin internet aloqani uzgan.

Kuzatuvchilarga ko’ra, internet aloqa va internet sahifalar oldin ham uzilgan edi, biroq bu gal mamlakatning 90 foizidan ko’pi tashqi dunyo bilan aloqadan ayrilgan.

“Oldin odamlar ilojini qilib, boshqa yo’llar bilan aloqaga chiqishardi, ammo bu gal aloqa butunlay uzilgan”, - deydi tahlilchi Burhon Taye.

Eron yagona hukumat provayderi orqali ishlaydigan ichki internet loyihasini yaratish bilan shug’ullanmoqda. Bu Tehronga moliya tizimi, kasalxonalar va boshqa idoralar faoliyatini izdan chiqarmagan holda internetni o’chirish imkonini beradi.

AQShning Eron bo’yicha maxsus vakili Brayan Xukning aytishicha, Qo’shma Shtatlar bu masalada eronliklarga yordam berishga harakat qilmoqda.

“Odamlarga Eron rejimi cheklovlarini aylanib o’tishga yordam berish mexanizmi ustida ishlayapmiz. Bu ba’zilarga internetga ulanish va videolarni tarqatish imkonini beradi”, - deydi rasmiy.

Kuzatuvchilar nazarida, Eronning bu tajribasi xalqini tashqi dunyodan uzmoqchi bo’lgan boshqa rejimlarga qo’llanma bo’lib xizmat qilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG