Eronda xorij matbuoti bilan hamkorlik qilganlik aybi bilan o’nlab jurnalistlar qamoqqa olingan.
Davlat axborot agentliklari xabariga ko’ra, bu jurnalistlar “aksil-inqilobiy” matbuot, gazeta va kanallar bilan hamkorlik qilgan.
Rasmiy Tehron “aksil-inqilobiy” deganda chet el media kompaniyalarini nazarda tutib keladi.
Biroq Eron Madaniyat vazirligining bildirishicha, muxbirlar hibsga olinishi ularning kasbiy faoliyati bilan bog’liq emas.
Ayrim jurnalistlar sobiq prezident, muxolifat yetakchisi Ali Akbar Xoshimiy Rafsanjoniy bilan uchrashuvdan bir kun o’tib qo’lga olingani ma’lum.
Eron fors tilida axborot uzatuvchi xalqaro matbuot, jumladan, “Amerika Ovozi” va Bi-Bi-Sini rasmiy Tehronga dushman guruhlar deya tanqid qilib keladi.
Jurnalistlarni himoya qiluvchi qo’mita nazarida islomiy respublika jurnalistlarni qamashda dunyoda birinchilardan.