Breaking News

"Vashington Post" Erondan muxbirini qo'yib yuborishni so'ramoqda


Jeyson Rizoyan va rafiqasi Yagona Solihiy
Jeyson Rizoyan va rafiqasi Yagona Solihiy

"Vashington Post" gazetasi Erondagi qamoqxonada saqlanayotgan muxbiriga qo'yilgan josuslik va boshqa ayblovlarni inkor etmoqda. Gazeta ayblovlarni soxta, demoqda. Nashr vakili Martin Baronning aytishicha, Jeyson Rizoyan jinoyat sodir etmagan, Eron uni ozod etishi zarur.

Rizoyan 2012-yildan beri "Vashington Post"ning Erondagi muxbiri edi. U o'tgan yil 22-iyulida rafiqasi va yana ikki odam bilan hibsga olingan edi. Yagona Solihiy ham jurnalist. Uni ozod etishdi, biroq turmush o'rtog'i qamoqda qoldirildi. Rizoyan AQSh va Eron fuqarosi.

"U shunchaki muxbir. Maxfiy ma'lumotlarga qo'li tegmagan. Oddiy elektron pochta orqali aloqa qilardik", - deydi gazeta vakili Martin Baron.

Unga ko'ra, Rizoyanning ishini Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy va Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif o'z vaqtida yuqori baholagan edi.

Zarifning aytishicha, Rizoyanga jiddiy ayblov qo'yilgan.

"U oqlanadi degan umiddaman. Ammo sud qilinishi aniq. U Eron fuqarosi. Past darajali josuslardan biri undan foydalanmoqchi bo'lgani achinarli holat", - deydi Eron tashqi ishlar vaziri.

Prezident Barak Obama Rizoyan va Eron qamog'idagi yana bir amerikalikni ozod etish uchun harakat qilyapmiz, deydi.

"Jeyson Eron xalqining umidlari va qo'rquvi haqida yozgani uchun oylab Tehron qamoqxonasida yotibdi" - deydi Obama.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG