Breaking News

Eron va dunyo: Venada yadroviy muzokaralar avj pallada


Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif, Yevropa Ittifoqi yetakchi diplomati Ketrin Eshton va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, Vena, 20-noyabr, 2014
Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif, Yevropa Ittifoqi yetakchi diplomati Ketrin Eshton va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, Vena, 20-noyabr, 2014

Eron va uning atom dasturiga qarshi xalqaro hamjamiyat 24-noyabrgacha murosaga erisha oladimi?

Venada muzokaralar yopiq eshiklar ortida kechmoqda. Tomonlar vaqti-vaqti bilan achchiq so'zlar almashayotgani ma'lum.

Islomiy respublika yadroviy maqsadlari yuzasidan qanchalik ochiq gapirayotganiga ishonch past biroq AQSh, Britaniya, Fransiya, Germaniya va Rossiya diplomatlarining aytishicha, kelishuvdan boshqa yo'l yo'q.

Tehron atom dasturini chetga sursa, unga nima taklif qilinadi? Iqtisodiy ko'mak, sanksiyalarni bekor qilish va uni yakkalashdan to'xtash, deydi siyosatdonlar.

Rossiya nazarida Eronga ishonsa bo'ladi. Biroq Britaniya bu fikrdan yiroq.

Tehronga nisbatan qo'yilgan barcha cheklovlar olib tashlanmaydi, ammo uranni boyitishdan to'xtasa, ayrim sanksiyalar bekor qilinishi mumkin, deydi G'arb rasmiylari.

Eron bilan murosaga qarshi Turkiya va Saudiya Arabistoni Vashington bilan muzokarada. Vitse-prezident Jo Bayden hozir Anqarada muloqot olib bormoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG