Breaking News

G’arb Eronga qo’yilgan sanksiyalarni yumshatishga moyil


Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri Ketrin Eshton, Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif. Jeneva, 7-noyabr, 2013-yil.
Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri Ketrin Eshton, Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif. Jeneva, 7-noyabr, 2013-yil.
G’arb diplomatlari bugun Jenevada ko’rishib, Eronning yadroviy izlanishlari atrofida bahsni hal qilishga urinib ko’radi. Davlat kotibi Jon Kerri ham anjumanda qatnashmoqda. Tahlilchilar nazarida yig’inda murosaga erishish ehtimoli yuqori.

Bu orada, prezident Barak Obama Eronga qo’yilgan sanksiyalarni kamaytirish tarafdori.

“Jazo choralarini biroz qisqartirishga rozimiz”, - deydi u “NBC News” kanali bilan suhbatda. “Ammo sanksiyalar o’zagi kuchda qoladi. Kelasi olti oyda muzokaralar paytida Eron so’zidan qaytadigan bo’lsa, yana jazo bilan yuzlashishi aniq”, - deydi Obama.

Jenevaga yo’l olishdan oldin Jon Kerri Isroilda Bosh vazir Benyamin Netanyaxu bilan alohida gaplashib olgan edi. Netanyaxu Eronning yadroviy dasturi tag-tugi bilan bas qilinishi kerak, deb talab qiladi.

Isroil rasmiysining ta’kidlashicha, Tehron zarracha kompromisga bormay, uranni boyitishda davom etib, yutib ketdi. Xalqaro hamjamiyat esa mag’lub bo’ldi. Bunday kelishuvni Isroil rad etadi, deydi Netanyaxu.

Anjumanda qatnashayotgan g’arb davlatlari tashqi ishlar vazirlari Eronni yadroviy tadqiqotlarni sezilarli darajada qisqartirishga undamoqda. Evaziga Tehronga qo’yilgan sanksiyalar yumshatiladi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zaif fikricha, juma kechga qadar Jenevadagi majlisda kelishuvga erishilishi mumkin. Uning so’zlariga ko’ra, respublika uranni boyitishdan butunlay voz kechmaydi, lekin jarayon sekinlashi ehtimoldan xoli emas.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG