Breaking News

Eron yadro dasturi 20-yanvardan cheklanadi


Arakdagi atom stansiyasi, Tehrondan 190 kilometr narida, Eron
Arakdagi atom stansiyasi, Tehrondan 190 kilometr narida, Eron
Eron yadro dasturiga qo’yilgan cheklov 20-yanvardan boshlab kuchga kiradi. Tehron xalqaro sanksiyalarni yumshatish maqsadida yirik davlatlar bilan ana shunga kelishgan. Tomonlar noyabrda muzokara qilib, bitim qabul qilgan, so’nggi bir necha haftada esa uning ijrosi xususida gaplashgan.

Eron uran boyitishni besh foiz darajaga tushirishga, yuqori boyitilgan uran zaxirasini kamaytirishga, BMT inspektorlarini yadro inshootlariga qo’yishga rozi bo’lgan.

Buning evaziga AQSh va Yevropa Ittifoqi Eron iqtisodiyotiga zarar qilayotgan sanksiyalarni yumshatadi.

Noyabr oyidagi muzokaralarda Eron, AQSh, Britaniya, Xitoy, Rossiya, Fransiya va Germaniya diplomatlari yakuniy bitim shartlarini muhokama qilish uchun olti oy davomida muloqot qilishga kelishib olgan edi.

Jahon hamjamiyati Eron yadro quroli ustida ishlayapti deb xavotirda ekan, keng qamrovli hujjat bu xavotirlarga barham berishi kutilmoqda.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri nazarida bu ish oson emas, ammo masalani muzokara yo’li bilan hal qilishdan boshqa chora yo’q.

Prezident Barak Obama Tehron bitim shartlarini aniq bajaradi degan umidda, shundagina iqtisodiy jazo choralarining bir qismi bekor qilinadi.

AQSh qonunchilarining bir qismi Eronga qo’shimcha sanksiya qo’llash tarafdori. Biroq Obama bu mazmundagi har qanday qonun loyihasiga veto qo’yishini bildirmoqda.

Qo’shimcha sanksiya Tehron majburiyatlarini bajarmasagina joriy etiladi, deydi AQSh prezidenti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG