Eron diniy peshvosi Oyatulla Ali Xomeneiy yadro dasturi yuzasidan qanday bitim imzolanishidan qat'i nazar, mamlakat ilmiy va harbiy inshootlariga xalqaro inspektorlar kiritilmaydi, demoqda.
Eron ortiqcha bosimga bo'yin egmaydi, deydi oyatulla.
Eron, Britaniya, Xitoy, Fransiya, Rossiya, AQSh va Germaniya muzokarachilari Tehronning yadroviy dasturini qisqartirish ustida gaplashayapti.
Tugal bitim iyun oxirigacha ma'qullanishi kerak. Evaziga Eronning iqtisodiyotini bo'g'ib qo'ygan sanksiyalar sekin-asta olib tashlanadi.