Eron Oliy diniy rahbari Oyatulla Ali Xomeneiyning aytishicha, islomiy respublika yadro dasturini uzoq muddatga muzlatmaydi.
Xalqaro muzokarachilar Erondan dasturni 10-12 yilga to'xtatishni so'ramoqda, oyatulla bunga ko'nmaymiz, deydi. 30-iyungacha tomonlar keng qamrovli bitim imzolashi kutilmoqda. Dasturni to'xtatish evaziga Eronga moliyaviy sanksiyalarni bekor qilish taklif etilgan.
Xomeneiyning aytishicha, Eron xalqaro inspektorlarga harbiy inshootlarni ko'zdan kechirishga ruxsat bermaydi. G'arb Tehrondan atom inshootlaridan tashqari harbiy obyektlarini ham tekshirishni talab qilmoqda.
"Sanksiyalar bitim imzolanishi bilanoq bekor qilinishi shart", - dedi Xomeneiy.
Eron yadro quroli ustida ishlayotganlikda ayblanadi, biroq Tehron dastur tinch maqsadlar uchun kerakligini ta'kidlab keladi. Bitim Eronga bu masalada bo'lgan e'tirozlarga barham berishi ko'zda tutilgan.