Breaking News

Sobiq harbiylar Kongressdan Eron bilan yadroviy bitimni yoqlamaslikni so'ramoqda


AQSh Kongressi
AQSh Kongressi

AQShning iste'fodagi yetakchi harbiylari Kongressni Eron bilan imzolangan yadroviy bitimni tasdiqlamaslikka chaqirmoqda. Ularga ko'ra, hujjat Eronga yadro qurolini yaratishda to'siq bo'la olmaydi.

"Kelasi 10 yilda Eronga qo'yilgan sanksiyalarni bekor qilib, banklarda muzlatilgan milliardlab dollar pullarni unga qaytarish Isroil va Yaqin Sharq xavfsizligi uchun xavflidir" deyiladi Kongressning har ikki palatasiga yo'llangan xatda.

Maktubga salkam 200 sobiq harbiy - general va admirallar imzo qo'ygan. Bir necha kun burun esa 36 sobiq ofitser ham qonunchilarga murojaat qilib, aksincha bitimni qo'llab-quvvatlashni so'ragan. Ularga ko'ra, shartnomaga amal qilinsa, Amerika va uning ittifoqchilari, Yaqin Sharq va butun dunyo xavfsizroq bo'ladi.

Kongress 17-sentabrgacha bir qarorga kelishi kerak. Respublikachilar bitimga qarshi ovoz berishi kutilmoqda.

Obama ma'muriyatiga ko'ra, hujjat Eron yadro dasturini nazorat qilish imkonini beradi. Biroq seshanba kungi xat mualliflarining xavotir bildirishicha, bitimda Eronni yadro quroliga yetaklovchi barcha yo'llar to'silmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG