Breaking News

Ukraina samolyotini urib tushirgan Eron qurbonlar oilalariga 30 million dollar to'lamoqchi


Eron bir yil oldin Ukrainaga qarashli yo’lovchi samolyotni urib tushirgani uchun qurbonlar oilalariga kompensatsiya to’lashga rozi bo’lgan. Tehron shu maqsadda 30 million dollar ajratgan. Samolyotda 176 ta odam bo’lgan, har biri uchun 150 ming dollar to’lanadi.

Xalqaro hayot – 6-yanvar, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:28 0:00

Eron avvaliga fojia uchun mas’uliyatni o’z bo’yniga olishdan bosh tortgan, biroq G’arb mamlakatlari qator dalillar taqdim etganidan so’ng aybiga iqror bo’ldi.

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy samolyotni urib tushirgan odamlar javobgarlikka tortilishini tasdiqladi.

"Bunday qaror ortida qanday sabab bo’lishidan qat’i nazar, xatomi yoki boshqa, ular jinoiy qilmishlari uchun sudda javob beradi”, - dedi Ruhoniy.

2020-yil 3-yanvarida Qo’shma Shtatlar Eron generalini Iroqda dron hujumida o’ldirishi ketidan Eron AQShning Iroqdagi askarlarini ballistik raketadan nishonga oladi. Tergovdan ma’lum bo’lishicha, Eron havo mudofaasi tizimi Tehron aeroportidan Kiyev tomon havoga ko’tarilgan yo’lovchi samolyotni raketa deb o’ylab, uni urib tushirgan.

Qurbonlarning aksariyati eronlik. Kanada, Ukraina, Shvetsiya, Afg’oniston, Britaniya fuqarolari ham nobud bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG