Breaking News

Prezident Obama Erondagi sakkiz rasmiyga sanksiya qo’ydi


AQSh birinchi bor Eron arboblarini huquqiy masalada to’g’ridan-to’g’ri urmoqda. Xususan, o’tgan yilgi prezident saylovlari paytida aholiga qarshi tazyiqlar haqida gap ketmoqda.
AQSh birinchi bor Eron arboblarini huquqiy masalada to’g’ridan-to’g’ri urmoqda. Xususan, o’tgan yilgi prezident saylovlari paytida aholiga qarshi tazyiqlar haqida gap ketmoqda.

Obama ma’muriyati Erondagi sakkiz rasmiyni inson huquqlarini poymol qilganlikda ayblab, sanksiya qo’ygan. Ro’yxatda Eron Inqilobiy Gvardiyasi qo’mondoni ham bor.

BMT Xavfsizlik Kengashi islomiy davlatga nisbatan joriy etgan to’rt sanksiyaning ortida turgan – Qo’shma Shtatlar. Eron yadro dasturi uchun jazolangan edi.

Biroq AQSh birinchi bor Eron arboblarini huquqiy masalada to’g’ridan-to’g’ri urmoqda. Xususan, o’tgan yilgi prezident saylovlari paytida aholiga qarshi tazyiqlar haqida gap ketmoqda.

Prezident Obama imzo chekkan sanksiyada inson huquqlarini ayovsiz poymol qilgan, odamlarni besabab hibsga olgan, do’pposlagan, qiynab, qatl etgan insonlar tilga olinadi.

Eronda huquqiy ahvol tobora razillashib borar ekan, Qo’shma Shtatlar chora ko’rishga, o’z so’zini aytishga majbur, deydi Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton.

Vazira Eronda hukumatga qarshi tura olgan faollar, gazeta va partiyalarda to’xtaldi. Holbuki, o’tgan hafta Nyu-Yorkda BMT sammitida so’zlagan prezident Mahmud Ahmadinajod Eronda erkinlik hukmron deydi. Uning aytishicha, siyosiy mahbuslar va tazyiqlar haqidagi gaplar uydirma. Klinton real vaziyat buning aksini ko’rsatmoqda, deydi.

“Qo’shma Shtatlar inson huquqlari – aziz ne’mat, qadriyat ekanini ta’kidlab keladi va prezident Obama imzolagan sanksiya buning dalilidir”, - deydi Klinton. “Biz zaboni kesilgan kishilar uchun so’zlaymiz, ular uchun minbarmiz. Inson qadrini poymol qilgan kishilar va hukumatlarni javobgarlikka chaqiramiz”, - deydi vazira.

Sanksiyada sakkiz arbob bo’lsa, biri Inqilobiy Gvardiya qo’mondoni Muhammad Ali Ja’fariy. Ular Qo’shma Shtatlarga safar qilishi, bu yurt bilan moliyaviy munosabatda bo’lishi taqiqlanadi. AQShda mulki bo’lsa, muzlatiladi.

Bu jazo arboblarga jiddiy ta’sir qilishi gumon. Ammo Moliya vaziri Timoti Gaytner so’zlariga ko’ra, Yevropa davlatlari va boshqa regionlar AQShni qo’llab-quvvatlashi aniq. Avval qo’yilgan to’rt sanksiya bilan qo’shilib, yig’ilib-yig’ilib, Tehron sergak tortishi kerak. Bitta-bitta kompaniya, shaxs va davlat asta-sekin Eron bilan aloqani uzsa, natijasi bo’ladi, deydi u.

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Ashton Eronni yadro mojarosi bobida xalqaro muzokara stoliga qaytishga undagan. Tehron javobini kutayapmiz, dedi Ashton kecha Vashingtonda Xilllari Klinton bilan uchrashuv chog’ida.
Eron atom dasturi rahbari Ali Akbar Salohiyning aytishicha, yanvarga borib, ilk atom zavodi – Busher energiya yetkaza boshlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG