1983-yilda Bayrutda yuz bergan hujumda 241 amerikalik, 1996-yilda Saudiya Arabistonidagi portlashda 19 amerikalik zobit o'lgan.
Bu terror xurujlarini Eron homiyligidagi Hizbulloh shia jangari guruhi amalga oshirgan va halok bo'lganlarning yaqinlariga islomiy respublika qariyb 2 milliard dollar tovon to'lashi kerak, deyiladi AQSh Oliy sudining 20-aprel kuni chiqqan hukmida.
2012-yilda shu mazmundagi e'lon qilingan qaror kuchda qoladi. Eron hukmdan norozi va Amerika adliya tizimini ayyorlik va qalloblikda ayblab keladi.
Tovon Eronning G'arbda muzlatilgan mulki hisobiga to'lanmoqda. Hozircha 1300 dan oshiq odamga berilgan.