Iroqda siyosiy inqiroz kuchaymoqda. Deputatlar palata spikeri hamda bosh vazir va prezident iste'fosini talab qilmoqda. Payshanba kuni noiblar hatto mushtlashib ketdi.
Birinchi musht sunniy spiker Salim al-Jaburiyga kelib tushdi.
Sobiq milliy xavfsizlik maslahatchisi Muvaffaq al-Ruboiyning aytishicha, yoki erta saylovlar o'tkazish kerak yoki parlamentda prezident, spiker va bosh vazirlikka yangi odamlarni saylash kerak.
“Yangi saylovlar hozirgi sharoitda to'g'ri bo'lmas edi", - deydi u.
Mamlakatda bir necha oydan beri namoyishchilar Bosh vazir Haydar Abadiyni va’dalarining ustidan chiqib, siyosiy islohotlarni amalga oshirishga chaqirmoqda. Xalq nazarida hukumatda tanish-bilishchilik kuchaygan.
Siyosatchilar inqirozning yanada kuchayib ketmasligi uchun turli yechimlar taklif etmoqda.
Sobiq bosh vazir Ayad Allaviy nufuzli shia arbobi Muqtada al-Sadr va deputatlarni umumiy reja ishlab chiqishga chaqirdi.
“Abadiydan bir ish chiqmayapti”, - deydi u.
Allaviyning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kerak – avval “Islomiy davlat”ni yengish zarur, so’ng siyosiy murosaga erishib, parlamentni asl demokratik shaklga keltirish lozim.