Breaking News

Rasmiylar: Iroq armiyasi o’zini qo’lga olmoqda


Ko'ngillilar Iroq armiyasiga qo'shilayapti.
Ko'ngillilar Iroq armiyasiga qo'shilayapti.

Iroq hukumati jangarilar minglab zobitlarni qirgani haqidagi xabarlarni rad etayapti.

Iroq hukumati jangarilar minglab zobitlarni qirgani haqidagi xabarlarni rad etayapti. Qo’mondonlar so’zlariga ko’ra, taxminan 170 askar o’lgan.

Terrorchilar sal oldin zobitlar qiynoqqa solinib o’ldirilgani tasvirlangan videoni global tarmoqda tarqatgan edi. Hukumat mamlakat bo’ylab ijtimoiy saytlar – YouTube, Twitter, Facebook kabilarni vaqtincha to’sib qo’ygan. Maqsad – aholi orasida vahimaning oldini oling, hukumat to’ntarilishiga yo’l qo’ymaslik, deydi mulozimlar.

Rasmiylarning aytishicha, sunniy jangarilar Tal-Afar shahrini egallab oldi. O’tgan hafta jangarilar Mosul va Tikrit kabi shaharlarda nazorat o’rnatgan edi. Iroq va shom islomiy davlati jangari guruhi poytaxt Bag’dod tomon shiddat bilan harakatlanayapti.

Qo’shma Shtatlar Bag’dodda elchixonaning xavfsizligini ta’minlash uchun salkam 100 askar safarbar etgan. Ayrim xodimlar Basra, Irbil shahri va qo’shni Iordaniyaga vaqtincha evakuatsiya qilingan.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri kecha Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirlari bilan gaplashib, Iroq va Suriya xalqiga yordam berish masalasini muhokama qilgan.

Jangarilar Iroqdan turib internetga joylagan suratlarda askarlarni ommaviy qatl etishlar tasvirlangan. Bu suratlar asl-soxta ekanini aytish qiyin, deydi rasmiylar.

Iroq shia hukumatining bildirishicha, armiya shanbadan beri jangarilar bilan olishib, salkam 300 nafarini yo’q qilgan. Armiya va ko’ngillilar birlashmoqda, ayniqsa, Bag’dod atrofida harbiylar jipslashgani aytiladi. O’tgan haftada jangarilar hujumiga dosh berolmagan askarlar qurolini tashlab qochgani haqida xabar qilingan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG