Breaking News

Iroqda bomba portlab, olti harbiy o'lgan


Ramadi shahri uchun janglar, Iroq kuchlari
Ramadi shahri uchun janglar, Iroq kuchlari

Kanada Bosh vaziri Stiven Xarper Iroqqa safar qilar ekan, bomba portlab, olti askar o'lgan. Garma shahrida harbiy qism nishonga olingan.

Garma "Islomiy davlat" nazorati ostidagi Falluja shahriga yaqin va bu hujumda ham shu terror tizimi ayblanmoqda.

Kanada va Iroq rahbarlari orasidagi muzokaralarda harbiy yordam masalasi muhokama qilingan. Kanada "Islomiy davlat" ga qarshi xalqaro koalitsiyaning bir qismi. Turli amaliyotlarda faol ishtirok etib kelayotgan davlat.

Iroq hukumati bilan muloqot ketidan Kanada bosh vaziri shimolga borib, kurd jangchilar bilan gaplashadi.

"Islomiy davlat" Anbar viloyatining katta qismini, shuningdek, Mosul shahrini qo'ldan bermay kelmoqda.

Diyala va Salohiddin viloyatlari "Islomiy davlat" dan tozalandi, bu guruh kun sayin zaiflashib bormoqda, deydi Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy. Bag'dod, uning aytishicha, bugun ancha xavfsiz va tinch.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG