Breaking News

Amerika bosh diplomati kutilmaganda Bag'dodga bordi


Amerika Davlat kotibi Jon Kerri, Iroq Bosh vaziri Nuri al-Mailikiy Bag'dodda. 23-iyun, 2014-yil.
Amerika Davlat kotibi Jon Kerri, Iroq Bosh vaziri Nuri al-Mailikiy Bag'dodda. 23-iyun, 2014-yil.

Jon Kerri Bag’dodda shia Bosh vazir Nuri al-Malikiy, sunniy va kurd rasmiylar bilan ko’rishayapti.

Davlat kotibi Jon Kerri kutilmaganda Iroqqa tashrif buyurdi. Amerika bosh diplomati Bag’dodda shia Bosh vazir Nuri al-Malikiy, sunniy va kurd rasmiylar bilan ko’rishdi.

Iroq shimoli va g’arbida katta hududlar hozir sunniy jangarilar nazoratida va hukumat ularga qarshi chora izlayapti.

Jon Kerri Malikiyni amaldagi shia hukumatga barcha mazhab va elatlarni jalb qilishga undadi. Malikiy sunniy va kurdlarni chetlatganlikda ayblab tanqid qilinadi, bu siyosat mazhablararo adovatni avj oldirgan.

Amerika bosh diplomati mamlakatni titratayotgan Iroq va Shom islomiy davlati nomli jangari guruh haqida gaplashayapti. Kerri kecha Misr va Iordaniya tashqi ishlar vazirlari bilan ham shuni muhokama qilgan.

Uning kecha Qohirada aytishicha, Iroq xalqi barcha elat va mazhablarni o’z ichiga olgan hukumat tuzishni xohlasa, Qo’shma Shtatlar yordamga tayyor.

“Nafaqat Amerika, balki mintaqadagi hamma davlatlar bu ishda sizga ko’maklashadi. Terrorizmga qarshi turgan jamiki mamlakatlar sizni qo’llab-quvvatlaydi”, - dedi Jon Kerri.

Jangarilar kecha Suriya va Iordaniya bilan chegarada o’tish-nazorat punktlarini qo’lga kiritgani aytiladi. Jumadan beri ular g’arbdagi Anbar viloyatida to’rt shaharda nazorat o’rnatgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG