Turkiya Iroq vitse-prezidenti, vatanida o’lim jazosiga mahkum etilgan Tariq al-Hoshimiyni Bag’dod adliyasiga topshirishdan bosh tortmoqda.
Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyip Erdog’an so’zlariga ko’ra, Hoshimiy bu davlatda istagancha vaqt qolishi mumkin. Anqara uni dorga jo’natmoqchi emas, deydi u.
“Hoshimiyga o’lim jazosi belgilashga hojat yo’q edi. Iroqda oila a’zolaridan ayrilgani yetadi”, - deydi Erdog’an.
Vitse-prezident sunniy arboblardan. Iroq sudi qarorini rad etib, shia Bosh vazir Nuri al-Malikiyning siyosiy qasosi deb hisoblaydi. Anqaradan turib so’zlagan Hoshimiy Iroq bosh vazirini sudni ishga solib, unga bosim o’tkazishga urinayotganlikda ayblagan.
Iroq Kurdistoni prezidenti Jalol Talaboniy Hoshimiyning ishi yuzasidan afsus bildirar ekan, u hamon vitse-prezident lavozimida qolayotganini eslatadi. Sud ishi Iroqda milliy, siyosiy birdamlikka to’sqinlik qilishi mumkin, deya ogohlantiradi Talaboniy.
Iroq sudi yakshanba kuni Tariq al-Hoshimiyni shia xavfsizlik rasmiysi va bir advokatni o’ldirganlikda aybdor topib, o’limga mahkum etgan. Vitse-prezident nazarida qaror ortida siyosiy sabablar bor va Iroq adliyasi korrupsiyaga botgan bir paytda u vatanga qaytib, adolat izlashdan foyda yo’q, deb hisoblaydi.
Nuri al-Malikiyning maslahatchilari sud ishiga aralashganlik haqidagi da’volarni inkor etadi.
AQSh qo’shinlari Iroqdan ketib, bir kun o’tar-o’tmas, shialar hukmron rasmiy Bag’dod dekabrda Hoshimiyni terror xurujida ayblab chiqdi. Bunga javoban sunniy vitse-prezident qo’shni Turkiyaga qochdi.
Iroq hukumatining da’vosi shuki, Hoshimiy olti yil davomida siyosatchi, xavfsizlik xizmati xodimlari va shia ziyoratchilarni nishonga oluvchi qurolli guruhlarni boshqargan.
Hoshimiyga xayrixoh sunniy arboblar fikricha, Malikiy bu ish bahonasida sunniylarni hukumatdan chetlatmoqchi. Iroq hamon mazhablararo adovat domida qolar ekan, rahbariyat zo’ravonlikni tugatishga doir, hokimiyatni barcha qatlam o’rtasida teng taqsimlash borasida bitimni muhokama qilib keladi.
Iroqda sunniy prezident Saddam Husayn davri tugab, shialar davlat tepasiga kelgach, aksariyat sunniylar o’zini kamsitilganday his qilmoqda. Siyosiy tanazzulga xuruj va portlashlar o’t yoqib keladi.
Yakshanba Hoshimiyga qarshi hukm o’qilgan kuni mamlakatda portlashlar va hujumlar kamida 100 odamni hayotdan olib ketgan. Bu Amerika askarlari Iroqni tark etganidan beri eng qonli kun deya ko’rilmoqda.
Xurujlar kimning ishi ekani noma’lum, biroq rasmiy Bag’dod al-Qoidani ayblaydi.

Iroqda oila a’zolaridan ayrilgani yetadi.Rajab Toyyip Erdog'an