Breaking News

AQSh bosh harbiysi Iroqda


General Dempsi, Pentagon
General Dempsi, Pentagon

AQSh bosh harbiysi, qurolli kuchlar bosh shtabi qo'monqoni, general Martin Dempsi bugun Iroqqa borib, "Islomiy davlat" ga qarshi urushni muhokama qildi. Amerika zobitlar sonini oshirmoqda.

Lekin ular yordamchi rolida, jangni Iroq armiyasining o'zi qiladi, deydi general. AQSh havo hujumlari olib bormoqda.

Oq uy Iroqdagi harakatlar uchun Kongressdan 5,6 milliard dollar so'ramoqda. Bu mablag'dan 1,6 milliardi Iroq harbiy kuchlari uchun ko'zlangan.

Vashington nafaqat Iroq armiyasi balki shimoldagi kurd jangchilariga ham yordamni oshirmoqda. Amerikaning 1500 zobiti ularni treningdan o'tkazadi va maxsus operatsiyalarda ko'maklashadi.

Yangi saylangan Kongress a'zolari, aksariyati respublikachilar, demokrat prezident Obamaning strategiyasini puxta deb hisoblamaydi. Uni qayta ko'rib chiqish kerak, deydi ular.

Biroq yangi Kongress hali ishga tushmagan. 2015-yilgacha Vakillar palatasida respublikachilar, Senatda esa demokratlar hukmron. Undan keyin esa har ikkisi respublikachilar qo'liga o'tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG