Bugun Iroqda bir necha xuruj sodir etilib, amerikalik besh askar va 13 iroqlik nobud bo'lgan. Bu so'nggi ikki yilda AQSh harbiylari uchun eng qonli kun bo'ldi. Ularning qanday vaziyatda halok bo'lgani hozircha oshkor etilmayapti. Ammo mahalliy rasmiylarga ko'ra, askarlar poytaxt Bag'dodda raketa hujumiga uchragan.
Tikrit shahrida esa terrorchi mingan mashina portlab, kamida 13 iroqlik o'lgan, 15 dan ziyodi jarohat olgan. Qurbonlar orasida armiya polkovnigi ham bor. Juma kuni shahardagi boshqa xurujda 21 kishi o'lgan edi.