Qo’shma Shtatlar Iroqni bosib olganiga 10 yil to’ldi. Bugun amerikalik zobitlarning deyarli barchasi bu yurtni tark etgan, Bag’dodda diplomatik xodimlar ham ko’p emas.
Shu bilan, sobiq prezident Jorj Bush davridagi eng katta harbiy kampaniyaga xotima yasaldi. AQSh bu urushdan nima naf ko’rdi?
“Ayni daqiqalarda Amerika va koalitsiya kuchlari Iroqni qurolsizlantirish, bu xalqni ozod etish va dunyoni xatardan himoya qilish arafasida turibdi”.
Prezident Bushning koalitsiya kuchlari Iroqqa yurish boshlagani haqidagi yuqoridagi murojaatidan 10 yil o’tib, Vashington bugun Iroq ustidan biror ta’sir kuchiga ega deyish qiyin.
Shia Bosh vazir Nuri al-Malikiy sunniy muxolifatni muntazam ta’qib qilishda davom etmoqda, deydi Jons Xopkins universiteti professori Rut Vejdvud.
“Iroq rahbarlari hech kim oldida javobgar emas. Mamlakat notinch, lekin ko’rinishidan Malikiy parvoi falak. Sunniylar qasos olish ishtiyoqida, ammo hokimiyat hozircha shialar qo’lida”, - deydi u.
Urush yakun topgach, AQSh nazoratni butunlay Iroq hukumatiga topshirgan.
“Vashingtonning Bag’doddagi qasrdek elchixonasi deyarli bo’m-bo’sh. Bosh vazir Malikiy uchun bu - “endi bilganingni qil” degan signal”, - deydi professor.
Ayni paytda Iroq qo’shni Eron bilan aloqalarni yaxshilashga o’tgan.
“Nazarimda, Malikiy doimo qo’shni davlatdagi mullalarning ta’siri ostida bo’lgan. Uning o’zi ham buni yashirmaydi”, - deydi olima.
Eronni yadro dasturi bois sanksiya bilan jazolayotgan AQSh oldidagi vazifalarni bu yanada qiyinlashtiradi.
Suriyada ham urush avjida. Eron prezident Bashar al-Assadni quvvatlaydi.
Siyosatshunos Stiv Xaydeman rasmiy Bag’dod Eron chizgan chiziqdan yurayotganini aytadi.
“Iroq hukumati Eron samolyotlari uning hududidan uchib o’tishiga ruxsat berib qo’ygan. Bag’dod yordami bilan Assad rejimiga boshqa turdagi ko’mak ham uzatilyapti. Iroq shialari chegarani kesib o’tib, Suriya armiyasi safida jang qilayotganini ham bilamiz”, - deydi Xaydeman.
Suriya mojarosining Iroqqa ham ta’siri bor, deydi u.
“Turli mazhablar orasidagi keskinlik bu davlatlar beqaror bo’lishiga xizmat qiladi. Suriya mojarosi Iroqdagi vaziyatni izdan chiqarishi hech gapmas”.
AQSh kompaniyalari Iroq neftidan foyda ko’rdi. Ammo biznes sohasi ham nizolardan xoli emas. Iroq hukumati shimoldagi kurdlar bilan tabiiy resurslar ustida tortishib keladi.