“Irma” dovuli Karib dengizi mintaqasida o’lim urug’ini sochib, endi AQShning Florida shtati tomon harakatlanmoqda.
“Florida janubida yashovchi aholi yakshanba kuni kuchli dovul ehtimoliga hozir bo’lishi kerak”, - dedi mutaxassis Maykl Brennan.
Yarim milliondan ortiq odamga hududni tark etish buyurilgan. Florida shtati gubernatori Rik Skotning aytishicha, benzin tanqisligi muammo.
“Shoxobchalarda benzin yetishmayapti, ta’minotchilar surunkasiga ishlayapti. Benzin tashiyotgan sisternalarning tirband yo’llardan tezroq o’tishi uchun politsiyaga ularga hamrohlik qilishni buyurdim”, - dedi u.
“Irma” shu kungacha 18 odamning hayotiga zomin bo’ldi.
Facebook Forum