Amerikadan havo hujumlarini bas qilishni talab qilayotgan "Islomiy davlat" terror guruhi britaniyalik Devvid Xeynsni qatl etganini e'lon qildi.
44 yoshli Xeyns 2013-yilning mart oyida Suriyada qochqinlar lagerida ishlab yurgan paytda olib qochilgan. Mutaxassis Fransiyada asoslangan insonparvarlik tashkiloti xodimi edi.
Oxirgi marta Xeyns 2-sentabrda amerikalik jurnalist Stiv Sotloff o'ldirilgani haqidagi videoda ko'rsatilgan va Amerika shartni bajarmasa, kallasi olinadi deya ogohlantirilgan edi.
Xeyns o'tgan bir oyda "Islomiy davlat" tomonidan boshida tanasidan judo qilingan uchinchi g'arblik. Undan boshqalar ham o'ldirilgan bo'lishi mumkin. Iroq va Suriyada mahalliy aholi orasida minglab odamlar bu guruh qo'lida nobud bo'lgani ma'lum.
Avgust oyida "Islomiy davlat" qatl etgan amerikalik jurnalist Jeyms Folining oilasi maxsus jamg'arma ochib, bu to'da qo'lidagi boshqa amerikaliklarni qutqarish va ularning yaqinlariga yordam berishga harakat qilmoqda.
Jeyms Foli Meros Fondi deb atalayotgan tashkilot jahon bo'ylab odamlarni garovga olish hollariga qarshi kurashmoqchi.
Foli ketidan Stiv Sotloff ismli yana bir amerikalik jurnalist o'ldirildi. "Islomiy davlat" ularning joni uchun millionlab dollar talab qilgan.
Amerika bunday talablarni odatda qondirmaydi. Jurnalistlarning oilasi mablag' topib, ularni qutqarishga harakat qildi lekin ulgurmadi.