Breaking News
Din

"Islomiy davlat" qanchalik islomiy?


"Islomiy davlat" qanchalik islomiy?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:32 0:00

"Islomiy davlat" qanchalik islomiy?

"Islomiy davlat" boshqa dindagilar va tarixiy obidalarga qarshi shafqatsiz hujumlarni davom ettirmoqda. Musulmonlar ularning bu harakatlarini islomga zid deb biladi. Amerikada hozir bu borada bahslar kuchaygan.

Islomni isloh qilish haqidagi bahslar, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00

XVI asrda protestantlar shirk deb nasorolarning ko'plab haykallarini vayron qilgan.

Iroqda ham jangarilar ko'hna merosni noislomiy, deya yakson qilmoqda. Tarix takrorlanmoqdami, deya ajablanadi ayrimlar.

"1015 emas, 2015-yilda yashayapmiz. Lekin odamlar xochga tortilyapti, tiriklayin yoqilyapti yoki boshi kesilyapti", - deydi respublikachi senator Lindsi Grem.

Senator Grem AQSh tashqi siyosatini belgilashda muhim rol o'ynab kelayotgan siyosatchi.

"Islomiy davlat" yetakchisi Abu Bakr al-Bag'dodiy o'zini xalifa deb e'lon qilgan.

Nasoro faol Jey Sekulov nazarida, mana shu islomiy da'vo ko'pchilikni o'ziga rom etmoqda.

"Ular o'zlarini xalifalik deb ataydi. Xalifa Ibrohim o'zini butun dunyo musulmonlarining yetakchisi deb biladi. Ularni biz kim deb atamaylik, bir tomondan, to'g'ri bo'lmaydi", - deydi u.

Qonunchilar jangari guruhga qarshi qanday kurashish masalasini bahs qilayotgan bir paytda, ayrimlar guruhning islomdagi o'rniga e'tibor qaratmoqda.

"Menimcha, ular dindan niqob sifatida foydalanyapti", - deydi professor Jon Esposito.

Esposito Jorjtaun universitetida islomdan dars beradi. Unga ko'ra, kofirlarni topgan joyingizda o'ldiring, degan Qur'on oyati kontekstdan tashqari qo'llanilyapti.

"Bu oyat tushgan payt gap yahudiylar va nasorolar haqida ketmagan. Aksincha, o'sha paytda musulmonlarni ta'qib qilayotgan Makka mushriklarini nazarda tutadi. Qur'onda Alloh, "Agar ular sizlar bilan jang qilsa, sizlar ham qarshi urushinglar", deb aytgan", - deydi professor.

Ayrim sharhlovchilar islom ham an'anaviy talqinni rad etuvchi protestantlar kabi islohotchilarga muhtoj, degan fikrda.

Esposito fikricha, bu ish xatarli.

"Ular islom islohotga muhtoj deb aytishadi. Men esa musulmon do'stlarimga ular genotsid yoki shunga yaqin narsani xohlashyapti, deb aytaman. Nasorolarning islohot harakati yuz yillik urush keltirib chiqarganini unutmaylik", - deydi u.

Yevropa tarixida ham mazhablararo nizolar ko'p bo'lgan. Chunki dindan urush va hokimiyatni egallash vositasi sifatida foydalanish vaqt va e'tiqod tanlamaydi, deydi professor Esposito.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG